Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat vaziri Sankt-Peterburgdagi xalqaro forumda ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy taklifiga binoan 15-17 noyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat Forumida ishtirok etish uchun yo‘l oldi.
Ushbu Forum 2012 yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda. Forum Rossiya Federatsiyasi hukumati, Madaniyat vazirligi va Sankt-Peterburg hukumati tomonidan tashkil etilgan.
Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabarida bu kabi madaniy forumlar soha mutaxassislari uchun xalqaro miqyosda tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlangan.
«Sankt- Peterburg xalqaro madaniy forumining asosiy maqsadlaridan biri - madaniyat insoniyat merosi sifatida rivojlantirilishiga qaratilgan milliy, davlatlararo, global dasturlarni ishlab chiqish va ularni xalqaro maydonda amalga oshirishdir. Jahon va mahalliy miqyosda madaniyatning milliy qadriyatlarni saqlab qolgan holda, zamonaviy jamiyatni rivojlantirishda yangi samarali mexanizmlarni yaratish va samaradorligini ta'minlashdir.
Madaniyat sanoatini joriy etish, ya'ni madaniyat o‘zini-o‘zi ijtimoiy muhitini yaratishda va uni rivojlantirishda hamda o‘zini boshqarishda samaradorligini oshirishdir.
Madaniyat vaziri bu Forumda madaniyat va san'at sohasida strategik ahamiyatga ega uchrashuvlar va kelishuvlarni amalga oshirishni ko‘zda tutgan. Albatta rivojlanayotgan davlatimizga yangi tajriba, hamkorlik shartnomalari va do‘stona kelishuvlar zururdir», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:30 / 14.02.2023
Senator Baxtiyor Sayfullayev olamdan o‘tdi
16:42 / 20.10.2021
“Arxeologik yodgorliklarni saqlash va muhofaza qilish holati qoniqarli emas” – senator
12:30 / 20.10.2021
Nomi bor-u o‘zi yo‘q madaniy meros obektlari. Senat yalpi majlisida yo‘qolib ketgan tarixiy obektlarga e'tibor qaratildi
15:21 / 26.08.2021