Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongoda BMTning tinchlikparvar askarlari halok bo‘ldi
BMTning Kongo demkoratik respublikasidagi tinchlikparvar missiyasining 7 a'zosi halok bo‘ldi, 10 a'zosi yaralandi va bir a'zosi yo‘qolib qoldi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik xabar qildi.
Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlarning 6 nafari Malavidan va bir nafari Tanzaniyadan bo‘lgan. Voqea hozirda Ebola kasalligi kuchayayotgan Shimoliy Kivu viloyatida yuz bergan.
Dyujarrikning ma'lum qilinshicha, tinchlikparvar askarlar Birlashgan demokratik kuchlar isyonchi tashkiloti a'zolari bilan to‘qnashuvda halok bo‘lganlar.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, Kongoda Ebola virusi bilan 247 ta kasallanish holati qayd qilingan, ulardan 212 tasi tasdiqlangan. 159 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 65 kishi sog‘ayib ketgan.
Mavzuga oid
11:23
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
07:06 / 27.06.2026
“Ertangi o‘yin osonroq kechadi” – Kongo bilan o‘yin oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
23:18 / 24.06.2026
«Otamdan qolgan kalkulyator qani?!» Buyog‘i endi matematika...
09:02 / 11.06.2026