Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya o‘z hududidan amerikalikni haydab chiqardi
Foto: Andy Wong / AP
Shimoliy Koreya o‘z hududidan AQSh fuqarosini chiqarib yubordi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi bayonotida aytilgan.
Bryus Bayron Lourens ismli amerikalik 16 oktabrda Shimoliy Koreya va Xitoy o‘rtasidagi chegara orqali Shimoliy Koreya hududiga noqonuniy o‘tgach, qo‘lga olingan.
“Tergov davomida Lourens AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi buyrug‘i bilan Koreyaga noqonuniy o‘tgani haqida ko‘rsatma bergan”, deyilgan xabarda. Ta'kidlanishicha, tergov natijasiga ko‘ra, erkakni Koreyadan haydab chiqarishga qaror qilingan. Voqeaning qolgan tafsilotlari ma'lum qilinmagan.
Reuters axborot agentligining ta'kidlashicha, 2017 yil noyabrida shunday ismli amerikalik Shimoliy Koreya chegarasi yaqinida izg‘ib yurgandan keyin Janubiy Koreyadan deportatsiya qilingan. Biroq bu ikki holatdagi odamlar aynan bir kishiligi yoki yo‘qligi aniq emas.
Vashington va Pxenyan munosabatlari Shimoliy Koreya va AQSh yetakchilarning 12 iyundagi sammitidan keyin ancha yaxshilangan.
Uchrashuv oldidan mayda Pxenyan o‘z turmalaridan 3 amerikalikni ozod etgani ma'lum qilingan. Ular buzg‘unchilik va dushmanona harakatlarni sodir etish ayblovi bilan qo‘lga olinib, mehnat lagerida jazo o‘tashayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:02 / 05.11.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga yana besh ming askar yubordi
10:18 / 22.10.2025
Shimoliy Koreya sharq tomon bir nechta ballistik raketalarni uchirdi
15:45 / 22.09.2025
Kim Chen In AQSh bilan muzokaralarga ochiq, ammo yadro qurolidan voz kechmaydi
07:30 / 22.09.2025