O‘zbekiston | 13:05 / 16.11.2018
15766
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga turistik maqsadda qancha xorijlik kelgani ma'lum bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

2018 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga 4,6 million xorijiy fuqaro kirib keldi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Ularning 327,2 ming nafari safar maqsadi sifatida turizmni ko‘rsatgan - 52,4 foizi erkaklar va 47,6 foizi ayollar. Ularning yarmidan ko‘pi (50,8%) 31-55 yoshdagi kishilardir.

Shu tariqa, O‘zbekistonga kirib kelgan barcha xorijlik fuqarolarning 7 foizi safar maqsadi sifatida sayyohlikni ko‘rsatgan. Ko‘pchilik (72%) mamlakatga qarindoshlarini ko‘rish maqsadida tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston uchinchi mamlakatlar fuqarolari uchun yagona viza joriy etishi mumkin ekani xabar qilingandi.

Ikki tomonlama ahdlashuv asosida uchinchi mamlakatlar uchun O‘zbekiston va Qozog‘istonning yagona kirish vizasini joriy etish, keyinchalik boshqa mamlakatlarni ishtirok etish uchun taklif qilish masalasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid