Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yil Rossiyaning yana bir shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochiladi
Tatariston poytaxtida O‘zbekiston bosh konsulligi kelgusi yilning avvalida o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda mamlakatning Qozondagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev ma'lum qildi U bu lavozimga joriy yilning oktabr oyi oxirida tayinlangan, deya xabar berdi Qozon OAV.
Kecha, 16 noyabr kuni, Qozonda O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishi sifatida taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ittifoqdosh davlat elchixonasidan turistik loyiha koordinatori Alisher Usmonov «KP-Kazan» muxbiriga tayyorgarlik haqida gapirib berdi: «Hozircha aniq sana yo‘q. Ochilishga tayyorgarlik boshlandi, yaqin vaqt ichida joy tanlanadi. Hammasi qisqa muddatlarda bo‘ladi. Masalan, Yekaterinburgdagi bosh konsullik ochilishi haqida men atigi bir necha kun oldin bildim».
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning avgustida Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev Qozon shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonasini ochish taklifini ko‘rib chiqdi. O‘shanda Tatariston hukumatiga buning uchun xizmat va uy-joy binolarini ajratish tavsiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini boshlagandi.
Mavzuga oid
19:28 / 22.12.2025
Toshkent va Qozon o‘rtasida poyezdlar harakati tiklandi
13:53 / 14.11.2025
Toshkentdan Qozonga muntazam yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
11:07 / 04.11.2025
Uzbekistan Airways reyslari Ufa o‘rniga Qozonga yo‘naltirildi
09:51 / 20.01.2025