2018 yilning 13 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg şahrida Özbekiston Respublikasi boş konsulxonasi joylaşgan bino qarşisida mamlakat davlat bayroğini tantanali kötariş marosimi bölib ötdi.
TIV xabariga köra, boş konsulxona manzili: Karl Libknext köçasi, 22-uy.
Tantanali marosimda Özbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elçisi Botirjon Asadov, Sverdlovsk oblasti Xalqaro va taşqi savdo vaziri Vasiliy Kozlov, Rossiya TIVning Yekaterinburgdagi vakili Aleksandr Xarlov, Yekaterinburgda akkreditatsiya qilingan boş konsullar, boşqa rasmiy şaxslar va özbek diasporasi vakillari iştirok etdi.
Şu kunning özida konsullik muassasasi oçilişi şarafiga Sverdlovsk oblasti rasmiy şaxslari, çet ellik diplomatlar, biznesmenlar va özbek diasporasi vakillari hamda Sverdlovsk oblasti gubernatori Yevgeniy Kuyvaşev iştirokida rasmiy qabul bölib ötdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar tomonidan qayd etilganidek, Ural federal okrugi va Sverdlovsk oblasti ma'muriy markazida joylaşgan yangi diplomatik vakolatxona Özbekiston va Rossiya mintaqalarini, ikki davlat xalqlarini boğlovçi yana bir köprik böladi.
Boş konsulxonaning birinçi tadbirlaridan biri şu kunning özida Yekaterinburg şahrida taşkillaştirilgan «Özbekiston böylab sayohat qil» nomli mamlakat turistik salohiyati taqdimoti böldi.
Barça taşkiliy masalalar hal etilguniga qadar boş konsulxona tomonidan hozirgi vaqtda faqat konsultativ kömak körsatilmoqda.












