Sport | 12:18 / 17.11.2018
6962
1 daqiqa o‘qiladi

Eden Azar: «Oltin to‘p»ga loyiq emasman»

«Chelsi» klubi va Belgiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Eden Azar 2018 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.

«Bu yil men uchun yaxshi kechgan bo‘lsa-da, osmonga chiqib ketmasligim lozim. Men «Oltin to‘p»ga loyiq emasman. Mendan ham yaxshiroq o‘ynagan futbolchilar bor.

Modrich? Avgust-sentabr oylarida u yaxshi o‘ynamadi. Agar mavsum boshidan hisoblaydigan bo‘lsak, Mbappeni loyiqroq deb hisoblardim», – dedi Azar.

Eslatib o‘tamiz, Azar, Modrich va Mbappe «Oltin to‘p» nomzodlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Mavzuga oid