Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatining qator tumanlarida odam o‘ldirish jinoyati ko‘paygan
Foto: Shutterstock
2018 yil 17 noyabr kuni Hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish Respublika komissiyasi hamda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirda Respublika Komissiyasi 1-mintaqaviy Ishchi guruh tomonidan Respublika Komissiyasi hamda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining 2017 yil 12 dekabr kungi Qo‘shma qarori ijrosi, viloyatda joriy yilning o‘n oyida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
Tahlil etilayotgan yo‘nalishda sektorlar faoliyati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi natijasida viloyatda qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik, odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi kabi og‘ir jinoyatlar soni Farg‘ona, Qo‘qon, Quvasoy, Marg‘ilon shaharlari, Oltiariq, Quva, Buvayda, Bog‘dod, Beshariq, Qo‘shtepa, Toshloq, So‘x, Rishton Farg‘ona, Furqat tumanlarida oshgan. Bunday noxush statistik manzaraning sabablari tahlil etilar ekan, aksariyat hollarda jinoyatlar sodir etilishiga oilaviy munosabatlarning keskinlashuvi, fuqarolar iqtisodiy holatining yomonlashuvi, qolaversa, mahalla va jamoatchilikning notinch oilalarga nisbatan loqaydligi sabab bo‘layotganligi qayd etildi.
Shuningdek yig‘ilishda ta'lim muassasalari, Yoshlar ittifoqi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar va boshqa mutasaddi idoralar faoliyati ham kutilgan natijalarni bermaganligi qayd etildi. Jumladan, voyaga yetmaganlar va yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar umumiy jinoyatlarning qariyb uchdan birini (38,3%) tashkil etgan.
Ko‘ngilochar maskanlarida tungi vaqtlarda voyaga yetmaganlarning bo‘lganligi aniqlanib, ularning katta qismi maktab o‘quvchilari ekanliklari qayd etildi.
Mavzuga oid
15:41 / 16.12.2025
«Qo‘qonlik tabib» yana sudga berildi
08:30 / 06.12.2025
Farg‘onada kadastr inspektori va davlat muassasasi mas’ullari pora bilan ushlandi
08:20 / 29.11.2025
Farg‘onada giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
15:25 / 25.11.2025