Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Do‘stlik spartakiadasi» bo‘lib o‘tyapti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi ustuvor vazifalari ijrosini ta'minlash yuzasidan, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarning jismoniy rivojlanishini takomillashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga doimiy jalb qilish maqsadida Respublikaning barcha vazirlik, idora va tashkilotlarining Markaziy Kengashlaridagi yoshlar yetakchilari a'zolari o‘rtasida «Do‘stlik spartakiadasi» sport musobaqalari tashkil etildi. Unda 90 ga yaqin tashkilotdan 3 mingga yaqin havaskor sportchilar futbol, shashka, shaxmat, badminton hamda stol tennisi bo‘yicha o‘zaro bellashmoqda.
Jamoalar o‘rtasida do‘stlik rishtalari bog‘landi
Konstitutsiyamizning 26 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan spartakiadaning birinchi bosqichi 12 noyabrdan 17 noyabrgacha vazirlik idora tashkilotlarning ichida tashkil etildi. Ikkinchi bosqich esa 17 noyabrdan 19 noyabrgacha vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari o‘zaro bellashadi. 17 noyabr kuni «Milliy» o‘yingohda musobaqa qatnashchilari futbol, shashka, shaxmat, badminton hamda stol tennisi bo‘yicha o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazishdi. Xususan, futbol bo‘yicha 87 jamoa bahs olib bormoqda. Hozirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy kengashi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining jamoasiga qarshi o‘yinda tashkilot sharafini munosib himoya etib, 13:1 hisobida katta g‘alabaga erishdi. Musobaqa hamkori Jismoniy tarbiya va sport vazirligi esa «Asaka» bank xodimlariga qarshi bo‘lgan o‘yinda 4:2 hisobida muvaffaqiyatni qo‘ldan boy berdi.
«Vazirlik, idora va tashkilotlar o‘rtasidagi do‘stlik musobaqalari xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni ommaviy tarzda sportga jalb qilish va xodimlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashdan iborat», — deydi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Po‘latov.Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligidan 5ta yo‘nalish bo‘yicha jami 35 nafar xodim vazirlik sharafi uchun kurash olib bormoqda. Jumladan, futbol yo‘nalishida 15 nafar xodim o‘z imkoniyatini imtihon qilib ko‘rdi. Ammo, afsuski,kuchli raqibning o‘yin ko‘rsatkichida biz mag‘lubiyatga uchradik. Ertangi o‘yinda bugun yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etib, zafar qozonishga bel bog‘laymiz.
Qunt qilinsa, sport bilan shug‘ullanishga ham vaqt topiladi
Futbol jamoalari 15 ta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro o‘yin bahsini olib boryapti. Ertangi o‘yinda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va «Asaka» bank o‘rtasida qizg‘in bellashuv bo‘lib o‘tadi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga qarshi kuch sinashadi.
«Musobaqaning birgina futbol yo‘nalishida ming nafarga yaqin havaskor sportchilar jam bo‘lishdi. Stol tennisida 250 nafar, shaxmat bo‘yicha 200 nafar, shashka bo‘yicha 150 nafar, badminton turida 50 nafar ishtirokchi sog‘lom turmush tarzining tarafdori sifatida «Do‘stlik spartakiadasi»da tashabbus ko‘rsatmoqda», — deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Sport va salomatlik bo‘limi mudiri Umid Rajabov.
«Milliy» stadionda g‘oliblar taqdirlanadi
Musobaqalarning final bosqichi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi 24 noyabr kuni poytaxtimizdagi «Milliy» stadionda o‘tkaziladi. G‘oliblarni taqdirlash marosimi doirasida madaniy konsert dasturi tashkil etiladi. Mazkur musobaqaning final bosqichiga tashrif buyurish istagidagilar ixtiyoriy tarzda bepul ishtirok etishlari mumkin.
«Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalari menga juda manzur keldi. Sababi vazirlik idora va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida ommaviy sportning rivojlanishi qoniqarli darajada, deb aytolmayman. Bugun o‘z faoliyatimizdan vaqt ajratib, sog‘lom turmush uchun qadam tashlamoqdamiz. Bundan tashqari, musobaqa natijasida vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlarining tanishuv uchrashuvlari ular o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalariga ko‘prik vazifasini o‘tayapti», – deydi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Yunusov. — Futbol yo‘nalishidagi ilk raqibimiz «Agrobank» jamoasi bilan o‘yinimiz qiziqarli tus olmoqda. O‘yin oldi ichki hayajonni his qildik. Chunki banklar o‘rtasida muntazam tarzda sport musobaqalari o‘tkazilib kelinadi. Ularning bu boradagi tajribasi yetarlicha. 5-guruhda ishtirok etayotgan ekanmiz, galdagi raqibimiz ham ancha kuchli jamoa, bu o‘yindagi g‘oliblik uchun bizdan katta tayyorgarlik va puxta o‘yin talab etiladi.
«Do‘stlik spartakiadasi» kabi ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan sport musobaqalari orqali vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida iqtidorli sportchilar aniqlanib, yurtimizda sportning rivojlanishiga zamin yaratiladi.
Shahnoza Nurullayeva
Mavzuga oid
12:54 / 19.06.2024
Jizzaxda odam o‘limiga sabab bo‘lgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod qilindi
18:15 / 08.11.2021
Yoshlar ittifoqi hududiy sektor yoshlari va rahbarlari ishtirokida kitobxonlik tanlovi o‘tkazadi
16:00 / 19.04.2021
Yoshlar ittifoqi rahbariyatida lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi
08:09 / 07.04.2021