Jahon | 08:51 / 17.11.2018
35889
2 daqiqa o‘qiladi

WP: MRB Qoshiqchini o‘ldirishga kim buyurtma berganini aniqladi

Foto: EPA-EFE/ALI HAIDER

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning aniqlashicha, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchini o‘ldirish haqida buyruq bergan. Bu haqda The Washington Post gazetasi ishdan xabardor manbalarga asosan ma'lum qilmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Markaziy razvedka boshqarmasi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi akasi, mamlakatning AQShdagi elchisi bo‘lgan Xolid bin Salmonning Qoshiqchi bilan telefon orqali muloqotini tutib olgan. Xolid jurnalistga nikoh qurish uchun Istanbuldagi Saudiya elchixonasiga borish va tegishli hujjatlarni olish kerakligini aytgan. Shu bilan birga, u Qoshiqchini tashrif xavfsiz o‘tishiga ishontirgan, deya aytib o‘tishdi gazetaga manbalar.

The Washington Post Xolid elchixonada jurnalistni o‘ldirish rejalashtirilganini bilgani yoki bilmagani borasida aniq ma'lumotga ega emas. Biroq, bildirilishicha, Saudiyaning AQShdagi elchisi ukasi topshirig‘iga binoan telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Bosh prokuraturasi jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha ish yuzasidan besh nafar shaxsga o‘lim jazosini talab qilgandi.

Mavzuga oid

E`lonlar