Saudiya Arabistoni Boş prokuraturasi jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi böyiça iş yuzasidan beş nafar şaxsga ölim jazosini talab qildi. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar bermoqda.

Boş prokuratura bayonotida aytilişiça, jurnalistning jasadi Saudiyaning Istanbuldagi Boş konsulxonasi binosida bölaklab taşlangan.

Qoşiqçining qotillaridan biri diplomatik missiya binosida videokuzatuv kameralarini işdan çiqargan.

Saudiya Arabistoni razvedka xizmati boşliğining sobiq örinbosari Qoşiqçini öldiriş uçun guruh tuziş haqida buyruq bergan.

Podşohlik Boş prokuraturasidan ta'kidlaşlariça, Qoşiqçining qotillariga hamtovoq bölgan şaxs fotoroboti tuzildi, aynan unga jurnalist jasadi topşirilgan.

Ar-Riyod podşohlik kengaşi maslahatçisi lavozimidan böşatilgan Saud al-Qahtoniyga Saudiya Arabistonini tark etişni taqiqlab qöydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Erdöğan Qoşiqçi işi böyiça yangi tafsilotlarni ma'lum qilgandi.

Uning ma'lum qilişiça, turk hukumati Saudiya Arabistoni, AQŞ, Fransiya, Kanada, Germaniya va Buyuk Britaniyaga saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi yozib olingan audioyozuvni taqdim etgan.