Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikaliklar “muhojirlar karvoni”ni haydab chiqarishni talab qilishmoqda
Meksikaning AQSh bilan chegarada joylashgan Tixuana shahrida bu yerga Markaziy Amerikadan kelgan muhojirlarga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
Muhojirlar AQSh chegarasi tomon deyarli bir oy harakatlanishgan. Muhojirlar yaqin orada 10 ming kishigacha ko‘payishi mumkin.
Mahalliy aholi esa bundan darg‘azab bo‘lmoqda. Muhojirlarga qarshi kayfiyatdagi olomon muhojirlar joylashtirilgan lagerlar tomon “Yo‘qoling!” va “Bizga muhojirlarning kelishi kerakmas!” deb hayqirgancha yo‘l olishgan. Biroq politsiya hozircha ularni to‘xtatib tura olmoqda.
“Biz qonuniy migratsiya ortidan aniq nazorat olib borilishini talab qilmoqdamiz va davlat mablag‘larining bunday vaziyatlarga qo‘llanishiga qarshimiz. Agar bu odamlar Amerika bilan chegarani kesib o‘tmasalar, ularni tezda deportatsiya qilish va janubiy chegarani yopish kerak bo‘ladi. Keyinchalik esa bunday masalalarni milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish lozim”, deb aytgan mahalliy fuqarolardan biri.
Hozir qochqinlar AQSh ularning arizalarini ko‘rib chiqishini kutishmoqda, bunga esa kamida bir necha oy talab etiladi. Shu sababli Tixuanadagi namoyishchilar muhojirlarni meksikalik soliq to‘lovchilar hisobiga saqlashga to‘g‘ri kelishidan shikoyat qilishmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026
Tramp Hindistonga Rossiyadan neft sotib olishdan voz kechishi evaziga boj to‘lovlarini bekor qildi
09:02 / 07.02.2026