Jahon | 17:39 / 22.11.2018
20941
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Kuchmani ishdan olib tashladi

Foto: RIA Novosti / Viktor Tolochko

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbassdagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha muloqot guruhidagi Kiyevning rasmiy vakilini o‘zgartirdi. Bu haqda TASS mamlakat Oliy radasi birinchi vitse-spikeri Irina Gerashchenkoga asosan xabar qildi.

Ta'kidlanishicha, mamlakat sobiq prezidenti Leonid Kuchma o‘rniga bu lavozimga sobiq bosh vazir, Xavfsizlik xizmati sobiq rahbari hamda Ukraina sobiq mudofaa vaziri Yevgeniy Martuk tayinlangan.

«U Minsk muzokaralari muammosini juda yaxshi biladi va Ukraina milliy manfaatlarini qat'iy himoya qiladi», - deya qayd etib o‘tdi Gerashchenko.

Ta'kidlanishicha, bundan oldin u Ukrainaning Muloqot guruhi xavfsizligi bo‘yicha kichik guruhida vakili bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenkoning vakili Putin Ukrainada beqarorlikni yuzaga keltirmoqchi ekanini aytgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid