Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenkoning vakili: Putin Ukrainada beqarorlikni yuzaga keltirmoqchi
Ukraina prezidentining Oliy Radadagi vakili Irina Lutsenko Rossiyaga Azov dengizi yopilgan taqdirda qattiq javob qaytarish bilan tahdid qildi. Bu haqda «Ukrinform» xabar bermoqda.
Lutsenkoning eslatishicha, Azov dengizi ichki dengiz hisoblanadi, shuning uchun uning suvlaridan foydalanish bo‘yicha shartnomalar yo‘qligi xalqaro konvensiyani qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi. «Ukrainaning reaksiyasi qattiq bo‘ladi, biz Rossiya Federatsiyasi dengiz huquqi bo‘yicha xalqaro konvensiyani buzganiga doir qator da'volarga egamiz», - deya ma'lum qildi u.
Prezidentning Radadagi vakili e'lon qilishicha, agar Moskva Azov dengizini to‘sib qo‘ysa, Kiyev Rossiya mansabdor shaxslari va harakatlariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atadi. Ukraina xalqaro sudlarga shikoyat qiladi, shuningdek, Ukraina Xavfsizlik xizmati hamda chegarachilarning reaksiyasi ko‘rsatiladi, deb ogohlantirdi Lutsenko.
«Ukrainaning barcha janubi Azov dengizidan foydalanishga juda jiddiy bog‘liq. Putinning faollashishi bir narsani anglatadi - Putin Ukrainani silkitmoqchi, Ukrainada 2019 yilda beqarorlikni yuzaga keltirmoqchi», - deya xulosa qildi u.
2018 yil bahorida Kerch bo‘g‘ozi orqali Qrim ko‘prigi qurilishi tugaganidan keyin, Rossiya va Ukraina o‘rtasida Azov dengizidagi vaziyat keskinlashdi. Kiyevdagilarning fikricha, Moskva Azov suvlariga kirishni cheklashi mumkin. Mojaro davomida har ikki davlat chegara xizmatlari bir necha bor kemalarni ushlashdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Ukraina «Shimoliy oqim - 2»ga qarshi birlashgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:25
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
08:50
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
00:26