Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda ichki ishlar xodimi o‘ldirildi
Foto: KUN.UZ
Andijon viloyati, Izboskan tuman IIB tezkor xodimlari S.Ya va I.X. 22 noyabr, tungi soat 01:30larda xizmat vazifasini o‘tayotib, fuqarolar Z.T, S.N, F.Yu, E.E, A.S, X.M va A.J.ni to‘xtatib, ularning shaxsini aniqlash maqsadida o‘zlarini tanishtirishini so‘rashgan.
Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, fuqaro A.J. ichki ishlar xodimlari talabiga bo‘ysunmay qarshilik ko‘rsatgan va telefon orqali ukasi S.J va jiyani Z.Q.ni chaqirgan.
Qarindoshlari voqea joyiga yetib kelgach, bu shaxslar ichki ishlar xodimi I.X.ni ayovsiz urib, tepkilab o‘ldirishadi va ikkinchi xodim S.Ya.ni kaltaklab, tan jarohati yetkazadilar.
Jinoyat sodir etgan aka-uka va jiyan qo‘lga olinib, ularga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Nizoning boshqa ishtirokchilari ham guvoh sifatida qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
21:51 / 08.05.2026
Andijonda mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgan haydovchi aniqlandi
08:00 / 08.05.2026
Farg‘onada onasini o‘ldirgan erkak 18 yilga qamaldi
22:59 / 05.05.2026