Jahon | 15:06 / 23.11.2018
7645
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada sobiq aerodrom hududidagi samolyot o‘g‘irlab ketildi

Foto: CC BY 2.0 / Dmitry Terekhov / Antonov An-2

Ukrainaning Poltava oblastidagi sobiq aerodrom hududida turgan An-2 samolyoti o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga tayanib UNN agentligi xabar qildi.

"Poltava oblastida noma'lum shaxslar Bojkovskoye qishlog‘i hududidagi sobiq aerodrom hududida saqlanayotgan An-2 samolyoti, yettita shiypon qurilmasi va buzuq dvigatelni o‘g‘irlab ketishgan", — deyiladi xabarda.

Agentlikning bildirishicha, voqea yuzasidan "o‘g‘irlik" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ushbu moddada mol-mulkni musodara qilish bilan birgalikda 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid