A Seriya. Ronalduning goli «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi
Italiya chempionati 13-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Yuventus» o‘z maydonida SPAL bilan bellashdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 28-daqiqada Ronaldu hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqada Manjukich 2-golni urdi.
Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» 37 ochko bilan 1-o‘rinda, SPAL esa 13 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.
A Seriya, 13-tur
Yuventus – SPAL 2:0
24 noyabr, «Alyants Stedium»
Gollar: 1:0 – 28 Ronaldu, 2:0 – 60 Manjukich.
Yuventus – Perin, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilo, Rugani, Kuadrado, Bentankur, Pyanich, Duglas Kosta (Matyuidi, 72), Ronaldu, Manjukich.
SPAL – Gomis, Bonifatsi, Felipe, Chonek, Ladzari, Fares, Kurtich, Skyattarella (Valdifori, 83), Missiroli (Valoti, 59), Petanya, Antenuchchi.
Ogohlantirishlar: Chonek (39), Fares (49), Bentankur (64), Skyattarella (74).
Mavzuga oid
21:26 / 17.05.2024
«Yuventus» Allegrini iste’foga chiqardi
12:28 / 28.10.2023
La Ligada El-klasiko, APLda Manchester derbisi, A Seriyada azaliy raqiblar to‘qnashuvi. Hafta o‘yinlari anonsi
08:10 / 01.08.2023
SportItalia: A Seriya klubi Otabek Shukurovga qiziqmoqda
23:01 / 28.07.2023