Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQShni xalqaro kelishuvlarni buzishda aybladi
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQShning Tehronni kimyoviy qurol ishlab chiqarishdagi ayblovlariga izoh berdi.
Zarifning aytishicha, Eron emas, balki AQShning o‘zi xalqaro kelishuvlarni buzadi. Uning ta'kidlashicha, bunga Vashington tomonidan yadroviy kelishuvning bekor qilinishi misol bo‘la oladi.
Eron tashqi ishlar vaziri kimyoviy qurol haqidagi ayblovlarni xavfli va beadab deb atagan hamda AQShning Saddam Husayn nomiga shunday ayblovlaridan keyin Iroqda amalga oshirgan harakatlarini yodga olgan.
“AQSh Eronni ayblash uchun xalqaro kelishuvlarga murojaat qilmoqchi, vaholanki uning o‘zi kelishuvlarni buzadi. Dastlab Iroqning Eronga qarshi kimyoviy qurol qo‘llashini qo‘llab-quvvatlagan, so‘ngra bu quroldan qutulish uchun Iroqqa bostirib kirgan davlatdan ommaviy qirg‘in quroli bo‘yicha ayblov nafaqat beadab, balki xavflidir”, deb aytgan Zarif.