Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya Gibraltar masalasi bo‘yicha YeI bilan kelishuvga erishdi
Ispaniya Gibraltar masalasi bo‘yicha kelishuvga erishilgani sababli Brexit bo‘yicha kelishuvga qo‘yilgan vetoni bekor qiladi. Bu haqda Ispaniya hukumati raisi Pedro Sanches ma'lum qildi.
"Yevropa va Buyuk Britaniya Ispaniya tomonidan bildirilgan talablarga rozi bo‘ldi, shu sababli Ispaniya vetoni bekor qiladi va 25 noyabr kuni YeIning favqulodda yig‘ilishida Brexit bo‘yicha kelishuvga rozilik beradi", -dedi u.

25 noyabr kuni Bryusselda YeI davlat va hukumat rahbarlarining favqulodda yig‘ilishi o‘tkaziladi. Unda Brexit bo‘yicha kelishuv loyihasi ma'qullanishi kutilmoqda. Madrid Ispaniya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi bahsga sabab bo‘layotgan Gibraltar hududi sababli kelishuvga veto qo‘yish bilan tahdid qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid
16:21 / 24.04.2026
Pentagon Eron bilan urushdagi ixtiloflar tufayli Ispaniyani NATOdan chetlatishni muhokama qilmoqda
08:35 / 14.04.2026
Ispaniyada bosh vazir rafiqasi korrupsiya ishi bo‘yicha ayblanmoqda
13:49 / 31.03.2026
Ispaniya Erondagi urushda ishtirok etayotgan samolyotlar uchun osmonini yopdi
16:05 / 21.03.2026