Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: AQSh IShID yordamida Suriya rejimini o‘zgartirmoqchi
Foto: TASS
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, IShID terrorchilik tashkiloti Suriyadagi siyosiy rejimni o‘zgartirish bo‘yicha vazifada AQSh ittifoqchisi sanaladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Uning bildirishicha, kuni kecha AQSh Davlat departamenti IShID hozircha mag‘lub etilmagani hamda uni bartaraf etish uchun avval Suriyadagi rejimni o‘zgartirish zarurligi haqida ma'lum qilgandi.
«Mening IShID amerikaliklar tomonidan Suriyadagi harbiy ishtirokni oqlash sifatida ko‘rilayotgani va Suriya rejimiga qarshi kurashda deyarli ittifoqdosh ekani haqidagi taxminim tasdiqlanmoqda», - deya xulosa qildi Lavrov.
Vazirning qayd etishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun hozirgi paytdagi asosiy vazifa - IShIDni mag‘lub etish emas, balki Suriyadagi rejimni o‘zgartirish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Suriya uzra «himoya soyaboni» Isroil rejalarini murakkablashtirishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:31 / 06.05.2026
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026