Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspert: Rossiyaning Suriya uzra «himoya soyaboni» Isroil rejalarini murakkablashtiradi
Haaretz gazetasi sharhlovchisi Amos Xarelning fikricha, Il-20 razvedkachi samolyoti yo‘qotilgach, Rossiya vaziyatning odatdagidek holati ortda qolganini Isroilga aniq ko‘rsatdi. Material matni nashr saytida e'lon qilingan.
Xarelning bayonotiga ko‘ra, Isroilda Rossiya tufayli mushkulliklar kelib chiqayotgani aniq ko‘rinib qoldi.
Xususan, bu Isroil va Rossiya o‘rtasida havodagi hodisalarning oldini olishga qaratilgan, qaynoq liniyadagi tajovuzkor kayfiyat, shuningdek, Rossiya aviatsiyasi hamda havo hujumidan mudofaasining Suriya hududidagi «tajovuzkor xatti-harakatlari»dan ko‘rinadi.
Ta'kidlanishicha, ekspertlarning katta tashvishiga Rossiya Livandagi hodisalarga tobora qiziqayotgani ham sabab bo‘lmoqda. Uning qayd etishicha, pessimistik ssenariyda hozir Suriya uzra turgan Rossiya «himoya soyaboni» Livanni ham qamrab oladi, bu Isroilning rejalarini sezilarli darajada murakkablashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya harakatlari Isroilning Suriyadagi rejalariga xalaqit bera boshlagani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
09:17
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
17:56 / 19.06.2026