Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Narkotrafikka aloqador». AQShda Gonduras prezidentining ukasi ushlandi
Mayyamida Gonduras prezidenti Xuan Orlando Ernandesning ukasi bo‘lgan Xuan Antonio Ernandes qo‘lga olindi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, u narkotrafikka aloqador bo‘lishi mumkinligi uchun qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, Gonduras prezidenti o‘z ukasi atrofidagi vaziyatdan xabardor.
Shu bilan birga, Gonduras rahbari ma'lum qilishicha, ukasining qo‘lga olinishi «butun oila uchun og‘ir zarba».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gonduras prezidenti qahva ishlab chiqaruvchilar blokini tashkil etish niyatida ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:07
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45