Gonduras prezidenti Xuan Orlando Ernandes Iberoamerika sammitining yiğilişi davomida qahva işlab çiqaruvçilar blokini taşkil etiş niyatida ekanini ma'lum qildi. Bu mahsulot uçun jahon bozorlarida «adolatli» narxni ta'minlaş uçun kerak, deb xabar beradi RIA Novosti.

Xuan Orlando Ernandes
Foto:  AFP 2018 / RODRIGO ARANGUA

Uning sözlariga köra, hozirgi paytda qahva bozorida salbiy holat mavjud, şuning uçun qahva işlab çiqaruvçilar va sohadagi köplab xodimlar jiddiy zarbalarga duç keldi.

«Gonduras qahva kabi muhim mahsulotga nisbatan ança adolatli narxni himoya qiliş uçun mamlakatlar, kompaniyalar va işlab çiqaruvçilar blokini yaratiş maqsadida «salib yurişlari»ni boşlayapti», - deya ma'lum qildi Ernandes.

Gonduras qahva işlab çiqariş böyiça dunyodagi yetakçi öntalikka kiradi. Ta'kidlanişiça, sönggi yillarda uşbu mahsulot narxining pasayişi global qahva işlab çiqaruvçilarga qattiq ta'sir qildi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq qahvaning yangi foydasi aniqlangandi.