Tojikiston 12 yillik ta'limga o‘tishda Qozog‘istonning xatosini takrorlamoqchi emas
Tojikiston Ta'lim vazirligi 12 yillik ta'limga o‘tishda boshqa davlatlarning xatolarini takrorlamoqchi emas. Bu haqda vazirlik rahbari Nuriddin Said «Avesta» agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina va Qozog‘iston 12 yillik ta'limga o‘tish jarayonida shoshib, loyihani amalga oshira olmadi va ortga qaytdi. Tojikistonda 12 yillik ta'limga o‘tish to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish parlament qarori bilan 2020 yilga qoldirildi.
«Ikki marta bir xil ko‘chaga kirmaslik uchun, biz rejalashtirgan narsalarga shoshilib emas, balki asta-sekinlik bilan harakatlanishimiz lozim. Vazirlik barcha dastur va standartlarni qayta ko‘rib chiqdi. Bunga tayyorlanyapmiz. Biroq, 12 yillik ta'limga o‘tish jarayoni qimmatga tushishini hisobga olish zarur. Bunday ta'limdan ma'no shundaki, odam 12 yil o‘qib, maktabni kasb bilan tark etishi lozim. Ya'ni, 6 yoshidan o‘qishni boshlaydi, 18 yoshida esa maktabni tamomlaydi, u bu vaqt ichida ma'lum bir kasbni o‘rganishi kerak va bu barcha maktablarda bo‘lishi zarur», - deya ta'kidlab o‘tdi N.Said.
2010 yilda mamlakat prezidentining parlamentga yillik murojaatida 12 yillik o‘rta ta'lim tizimini joriy etish taklifi berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov maktablarda o‘quvchilar darsliklarda berilayotgan ma'lumotlarni yodlashlari kerak emasligi, ularda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish kerak ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:30
USAID O‘zbekistonda ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratdi
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024