Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada rossiyalik elchining o‘ldirilishi tafsilotlari ma'lum qilindi
Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning hayotiga suiqasdni Fathulla Gulen tarafdorlari amalga oshirgan. Bu haqda Anadolu axborot agentligi ma'lum qildi.
Prokuraturaning ayblov xulosasiga ko‘ra, elchiga suiqasd uning o‘ldirilishidan 6 oy oldin – 2016 yil iyunda rejalashtirilgan.
Dastavval qotillikni Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi bosh qarorgohida 2016 yil 27 iyunda, xorijiy diplomatik missiyalar rahbarlari uchun tashkil etilgan iftorlik vaqtida amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, elchining qotili Mavlut Oltintosh iftorlik o‘tayotgan binoga qo‘riqlash xizmati xodimi sifatida kirishi kerak bo‘lgan. Oltintosh e'tiborni tortmaslik uchun Turkiya bosh vaziri ma'muriyati xizmati xodimi ko‘krak nishonini taqib olgan.
Karlov iftorlikda ishtirok etmagani uchun suiqasd amalga oshmagan.
Turkiya prokuraturasi 23 noyabrda 2016 yil 19 dekabrda Anqaradagi fotoko‘rgazma ochilishi vaqtida otib tashlangan Karpovning ishi bo‘yicha 28 gumonlanuvchiga ayblov qo‘ydi. Tergov xulosasiga ko‘ra, Karlovni o‘ldirishga sobiq davlat xizmatchisi Shaxin Sog‘ut buyruq bergan. Ushbu ish bo‘yicha yana bir gumonlanuvchi sifatida Gulen o‘tmoqda.
Mavzuga oid
07:22 / 09.05.2026
Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi
07:24 / 06.05.2026
O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi tayinlandi
12:13 / 13.12.2025
Sardor Rustamboyev Nepalda elchi sifatida rasman faoliyat boshladi
12:41 / 28.11.2025