Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Ukraina va Rossiyani vazminlikka chaqirdi
Varshava Ukraina va Rossiyani Azov dengizidagi vaziyat munosabati bilan vazminlikka chaqiradi. Bu haqda Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bartosh Chixotskiy jurnalistlarga ma'lum qildi.
Avvalroq, Rossiya FXX Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining «Berdyansk», «Nikopol» va «Yana Kapu» kemalari rus chegarasini buzgani, FXX chegara xizmati hamda Rossiya Qora dengiz flotining ularga hamrohlik qilgan kemalar va katerlari qonuniy talablariga reaksiya bildirmagani, zudlik bilan to‘xtamagani hamda xavfli harakat qilgani, shu sababdan ular ushlangani haqida ma'lumot bergandi.
«Hozirgi vaziyatda biz Rossiya tomonidan kemalar qatnovi tiklanishini kutmoqdamiz, har ikki tomonni ham vazminlikka chaqiramiz», - dedi Chixotskiy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Ukrainada harbiy holat joriy etilganini izohlab, safarbarlik haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
08:39
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
09:35 / 29.06.2026
Zelenskiy: Ukraina o‘z qahramonlarini o‘zi tanlaydi
18:12 / 28.06.2026