Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning ma'lum qilişiça, mamlakatda harbiy holat joriy etilişi Kiyev tomonidan hujumkor amaliyotlar ötkazilişiga olib kelmaydi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, bu Donetsk va Lugansk oblastlarining muayyan hududlaridagi töqnaşuv çiziğida mavjud holatni özgartirmaydi.

«Harbiy holatning joriy etilişi Ukraina qandaydir hujumkor harakatlarni amalga oşirişidan darak bermaydi», - dedi u.

Bundan taşqari, Poroşenkoning aniqlik kiritişiça, harbiy holat joriy etilişi fuqarolar huquq va erkinliklari çeklanişini nazarda tutmaydi.

Şuningdek, Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning ma'lum qilişiça, mamlakatda harbiy holat joriy etilişi zudlik bilan safarbarlik amalga oşirilişini ham anglatmaydi.

Şu bilan birga, uning aniqlik kiritişiça, birinçi navbatdagi zaxira bilan tegişli işlar olib boriladi.

«Biz davlatni himoya qiliş uçun barça çoralarni qisqa vaqt içida amalga oşirişimiz zarur», - dedi Poroşenko. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Kerç böğoziga Ukrainadan qöşimça kemalar, Rossiyadan samolyotlar yöllangandi.