Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kerchdagi mojaro. BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyaning tashabbusini blokladi
BMT Xavfsizlik kengashi favqulodda yig‘ilishda Rossiyaning Kerch bo‘g‘ozidagi vaziyatga oid masalani ko‘rib chiqish tashabbusini bloklab qo‘ydi. Bu haqda Ruptly videoagentligi xabar bermoqda.
To‘rt mamlakat «ha», deb ovoz berdi, yettitasi qarshi chiqdi, yana to‘rt davlat betaraf qoldi.
Rossiya «Azov dengizida vaziyatning xavfli rivojlanishi va undan keyin sodir bo‘lgan voqealar munosabati bilan» Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirtirdi. Yig‘ilishni «Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash» mavzusidagi kun tartibi bandi bo‘yicha o‘tkazish so‘ralgan.
25 noyabr kuni FXX Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga kirgani haqida xabar qildi. Kemalar Odessadan Mariupolga yo‘l olayotgan bo‘lgan, lekin ularni Kerch bo‘g‘ozidan o‘tkazishmadi. Ukraina tomonining bildirishicha, avval Rossiya kemalar kelishi haqida xabardor etilgan, FXX buning aksini iddao qilmoqda.
Shu kuniyoq Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Rossiya katerlari mamlakat kemalari guruhi Kerch bo‘g‘ozidan chiqib ketayotganida unga qarata o‘t ochganini ma'lum qildi. Rossiya chegarachilarining bunday xatti-harakati tufayli olti nafar dengizchi yaralandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq The Washington Post Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchayishi haqida yozgandi.
Mavzuga oid
16:13
Ukraina Voronejdagi mudofaa zavodiga hujum qildi – fotolar
10:35
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
09:32 / 20.06.2026