Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi
Dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi Microsoft Corp. kompaniyasining kapitallashuvi 26 noyabrdagi savdolar vaqtida AQSh va dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasi Apple’ning bozor qiymatidan oshib ketdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Savdolarga ko‘ra, Microsoft aksiyalari 2,04 foizga qimmatlashgan, bu orada Apple’niki 0,5 foizga arzonlashgan. 23 noyabr, juma kuni savdolar yopilishi vaqtida Microsoft kapitallashuvi 791,19 mlrd dollarni, Apple’niki 817,58 mlrd dollarni tashkil qilgandi.
Bozor qiymati 1 trln dollardan ko‘proqqa yetgan Apple oktabr oxiridan smartfonlar savdosi o‘sishi sekinlashishi xavotiri ostida 20 foizga arzonlashib ketdi.
Mavzuga oid
21:51 / 08.07.2026
iPhone 18 Pro yangi kamera va akkumulyator tufayli sezilarli darajada qalinlashadi
08:55 / 06.07.2026
iPhone 18 Pro haqidagi maxfiy hujjatlar sizdirildi
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:25 / 29.06.2026