Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi Qarshidagi YTH bo‘yicha rasmiy axborot berdi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi kecha, 26 noyabr kuni, Shahrisabz – Qarshi avtomobil yo‘lida og‘ir harbiy texnikalardan iborat kolonna va «Lacetti» rusumli avtomobil ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar oilasiga chuqur hamdardlik bildirdi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida aytilishicha, mazkur ko‘ngilsiz hodisa yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tegishli tergov ishlari olib borilmoqda.
Ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida mamlakat fuqarolaridan og‘ir harbiy texnikalar harakatlanayotgan vaqtda kolonnaga xalaqit bermaslik, bunday paytlarda yo‘l harakati qoidalariga qat'iy rioya qilish hamda Yo‘l-patrul xizmati va Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi xodimlarining talablarini so‘zsiz bajarish iltimos qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshida «Lasetti» harbiy texnika kolonnasi bilan to‘qnashgani, uch kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
17:35 / 23.06.2026