26 noyabr kuni soat taxminan 08:05da Şahrisabz - Qarşi avtomobil yölida harbiy kolonna va «Lasetti» avtomobili iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda Özbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qöşinlarining jangovar şayligini tösatdan töliq tekşiriş rejasiga muvofiq, harbiy avtomobillar kolonnasi maşğulotlar ötkaziladigan hududga yöl olayotgan bölgan. Yuqorida körsatilgan yöl kesişuvidagi harakat harbiy avtomobil inspeksiyasi xodimlari tomonidan tartibga solingan.

«Inspektorlarning harakatni taqiqlovçi körsatmasiga qaramay, «Lasetti» harakatlanişda davom etgan. Natijada «ZIL-131» markali harbiy yuk avtomobili bilan töqnaşuv yuz berdi. Uç kişi - yengil avtomobil haydovçisi va ikki yölovçisi halok böldi, «Lasetti»ning yana bir yölovçisi jarohat oldi», - deyiladi xabarda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Jabrlanuvçiga öz vaqtida tibbiy yordam körsatildi, uning ahvoli barqaror va hayotiga xavf soladigan heç narsa yöq.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda prezident farmoyişi bilan jangovar şaylikni tekşiriş maqsadida maşğulotlar boşlangani xabar qilingandi.