Rossiya - Estoniya chegarasi yaqinida O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
Pechora tumanida chegarani kesib o‘tishga uringan Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari chegarachilar tomonidan qo‘lga olindi.
Rossiya FXXning Pskov oblasti bo‘yicha chegara boshqarmasi xodimlari Pechora tumanida davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga qaratilgan navbatdagi urinishni yo‘qqa chiqardilar. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Rossiya - Estoniya davlat chegarasidan bir yarim kilometr masofada chegarachilar Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olishgan. Ushlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, ular Rossiya Federatsiyasiga ish qidirib kelishgan, ammo keyinchalik Yevropa ittifoqi davlatlarida noqonuniy ravishda ish topishga qaror qilishdi. O‘tkinchi avtomobillar yordamida ular Siromyatino aholi punktigacha yetib borishdi, u yerda chegarachilar tomonidan qo‘lga olindilar.
Chet elliklar sodir etilgan qoidabuzarlikning barcha tafsilotlarini aniqlashtirish va tegishli protsessual qaror qabul qilish maqsadida 48 soatga qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
08:20
Rossiya hukumati «yot qadriyatlarni o‘rnatuvchi» davlatlar ro‘yxatini tuzdi
21:46 / 20.09.2024
Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak - Zelenskiy
20:54 / 20.09.2024
Rossiyadagi eng ko‘p mehnat muhojirlari O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum qilindi
20:27 / 20.09.2024