Tramp 1 yanvardan Xitoy tovarlariga bojlar qiymatini oshirmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga 1 yanvardan bojlar qiymatining 10 foizdan 25 foizgacha oshirilishidan tiyilish bo‘yicha Xitoyning taklifini qondirish dargumonligini aytdi. Bu haqda Tramp The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Nashrning eslatishicha, Tramp Pekin bilan savdo muzokaralari natija keltirmasa, Xitoyning boj kiritilmagan tovarlari importiga boj kiritishga va'da bergandi. “Agar bitimni tuza olmasak, unda boj qo‘yilgan tovarlar ro‘yxatiga yana 257 mlrd dollarlik tovarlarni qo‘shaman”, deb aytgandi Tramp va gap 10 foizlik hamda 25 foizlik boj stavkalari haqida ketayotganini qo‘shimcha qilgan.
“Vashingtonni qanoatlantiradigan yagona bitim shundan iboratki, Xitoy o‘z davlatini AQSh raqobatlashishi uchun ochishi kerak”, deb davom ettirgan Tramp.
AQSh prezidenti intervyuda Xitoyda yig‘iluvchi iPhone va noutbuklarga ham boj kiritilishi mumkinligini aytgan.
Tramp bu intervyuni Argentinada 30 noyabr-1 dekabr kunlari o‘tadigan “Katta yigirmatalik” sammitiga 4 kun qolganda berdi. Trampning sammit doirasida Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uchrashishi kutilmoqda. AQSh prezidenti o‘tgan hafta ushbu uchrashuvda Xitoy bilan savdo bitimi tuzilishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024