Tramp Xitoyga qarshi yangi bojlar joriy etishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga 267 mlrd dollarlik yangi bojlar joriy etishi mumkin. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar yetakchisi The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Tramp Vashington Pekinning importga bojlarni hozirgi 10 foizdan 25 foizgacha oshirmaslik to‘g‘risidagi taklifini qabul qilishi «ehtimoldan juda yiroq»ligini aytdi. Amerika yetakchisining ma'lum qilishicha, bojlar Xitoydan import qilinuvchi gadjyetlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. U bu haqda xitoylik hamkasbi - XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashuvdan bir necha kun oldin xabar berdi. Uchrashuv 30 noyabr - 1 dekabr kunlari Argentinada bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti doirasida tashkillashtiriladi.
Trampning WSJ bilan suhbatda bildirishicha, agar yetakchilar muzokaralari AQSh uchun ijobiy natijalarga olib kelmasa, Xitoyning barcha qolgan importiga bojlar joriy etilishi mumkin.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar Vashington va Pekin o‘rtasida savdo kelishuviga erishilmasa, Qo‘shma Shtatlar hech qanday zarar ko‘rmaydi. Amerika yetakchisining fikricha, mamlakat Xitoy importidan olinadigan bojlardan yutadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy va Rossiya dollar ustunligini sindirmoqchi ekani xabar berilgandi.
South China Morning Post xabariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy Amerika dollaridan qaramlikni kamaytirishga harakat qilmoqda va ikki tomonlama hisob-kitoblarda milliy valyutadan foydalanish bo‘yicha kelishuvni ishlab chiqmoqda.
Mavzuga oid
09:40 / 17.08.2024
Sud hukmlarining dublikati va ko‘chirma nusxalari uchun boj to‘lanadi
07:30 / 26.07.2024
Tayyor zargarlik buyumlariga import bojxona boji kamaytiriladi
13:37 / 20.06.2024
Yevroittifoq Ukrainadan ayrim mahsulotlar importiga boj joriy qilyapti
08:51 / 03.06.2024