Rossiya va Xitoy Amerika dollaridan qaramlikni kamaytirişga harakat qilmoqda va ikki tomonlama hisob-kitoblarda milliy valyutadan foydalaniş böyiça kelişuvni işlab çiqmoqda. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Şu tariqa, töğridan-töğri savdo tölovlarini yuan va rublda amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Bu harakatlarga Moskva hamda Pekinga AQŞ tomonidan iqtisodiy sanksiyalarning kuçaytirilişi va Xitoyga qarşi yangi savdo bojlari joriy etilişi tahdidi sabab böldi, deya ta'kidlaydi naşr.
Xususan, Xitoyga qilgan taşrifi çoğida Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev bir vaqtning özida Rossiyada Xitoy brendi va Xitoyda Rossiya brendi ostida işlaşi mumkin bölgan qöşma kartalar çiqariş imkoniyati haqida ma'lum qildi. Medvedevning fikriga köra, yangi tölov tizimi dollarning ustunligidan qoçişga urinişdir.
Yangi tölov tizimini yaratiş Xitoy va Rossiyaga SWIFT’dan foydalanmaslik hamda şu tariqa AQŞ sanksiyalarini çetlab ötiş imkonini beradi, deb yozmoqda SCMP. Qayd etilişiça, AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo uruşi xalqaro savdo kelişuvlarida yuandan foydalaniş uluşini oşirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy AQŞga keskin javob qaytargandi.












