Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti O‘zbekistonga minnatdorchilik izhor etdi
Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2018 yilning 28 noyabr kuni Jyeneva shahrida Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va ularni kengaytirishning istiqbollari muhokama qilindi.
Bugungi kunda ikki davlat prezidentlarining rahbarligi ostida va shaxsan ishtiroki natijasida ko‘p qirrali va o‘suvchan ahamiyat kasb etib borayotgan O‘zbekiston – Afg‘oniston muloqotining izchil rivojlanayotgani e'tirof etildi, deyiladi xabarda.
Muhammad Ashraf G‘ani O‘zbekistonning Afg‘onistondagi tinchlik va hamjihatlikka ko‘maklashish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi hamda mamlakatdagi yirik infrastruktura va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishdagi qo‘llab-quvvatlash va ishtirok uchun minnatdorchilik izhor etdi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilgan.
Mavzuga oid
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
18:25 / 25.05.2026
Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
21:29 / 21.05.2026