70ga yaqin davlat vakillari Afğonistondagi vaziyatni BMT şafeligida Jyenevada seşanba kuni oçilayotgan ikki kunlik vazirlar konferensiyasida muhokama qiladilar. Forumda Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov iştirok etadi.

BMTdan ta'kidlaşlariça, uşbu munozara jahon hamjamiyatiga tinçlik va farovonlikka erişiş yölida afğon xalqi bilan birdamlikni, Afğoniston hukumatiga esa - tinçlik hamda islohotlarga sodiqlikni yana bir bor tasdiqlaş imkonini beradi. Konferentsiyada hukumat delegatsiyalaridan taşqari, nodavlat va xalqaro taşkilotlar, şuningdek, ekspertlar iştirok etadi, Qöşma bayonot qabul qilinadi.

Gumanitar taşkilotlar Jyeneva forumiga katta ahamiyat bermoqda. «Agar men afğon bölganimda, unda siyosiy yeçimni kutgan bölardim, sababi bunday qarorsiz odamlar azob çekişda davom etadi», - deydi Qizil Xoç Xalqaro qömitasining operativ faoliyat boşqarmasi direktori Dominik Ştilxart. Biroq, uning aniqlik kiritişiça, siyosiy yeçim nafaqat mahalliy darajada, balki mintaqaviy va xalqaro miqyosda ham kelişuvlarga erişişni talab qiladi.

«Tarixan mintaqaviy va xalqaro öyinçilar Afğoniston qanday bölişi kerakligi haqida kelişa olmaganlar. Men Jyenevada bölib ötadigan uçraşuvda afğonlar manfaati birinçi öringa kötarilişini xohlayman», - dedi Ştilxart.

Öz navbatida, BMTning Afğonistondagi insonparvarlik yordami böyiça muvofiqlaştiruvçisi Tobi Lanzerning jurnalistlarga ma'lum qilişiça, hozirgi vaqtda mamlakatdagi vaziyat tinçlikka erişiş yölini avvalgidan köra köproq topişga kömaklaşadi. «Afğonistonda yangi imkoniyatlar mavjud va tinçlik uçun juda köp umidlar bor», - dedi u. 

Forumning birinçi kuni ekspertlar darajasida bahslarga bağişlangan bölib, 28 noyabr kuni Afğonistondagi vaziyatni vazirlar darajasida muhokama qiliş rejalaştirilmoqda. Kutilişiça, forum birinçi kuni ekspertlar darajasidagi muhokamalarga bağişlanadi, 28 noyabrda esa vazirlar darajasida Afğonistondagi vaziyat körib çiqiladi. Dasturda Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani, boş vazir Abdulla Abdulla, taşqi işlar vaziri va mamlakat moliya vaziri sözga çiqadi. Oliy darajadagi segment 28 noyabr kuni Şveytsariya taşqi işlar vaziri Ignatsio Kassis tomonidan oçiladi. Forumda BMT boş kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Rozmari Di Karlo, BMT boş kotibining Afğonistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto va Jahon banki vitse-prezidenti Xart Şafer iştirok etadi.