Afğoniston böyiça xalqaro konferensiyada iştirok etayotgan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov 2018 yilning 28 noyabr kuni Jyeneva şahrida Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Aşraf Ğani bilan uçraşdi.
TIV xabariga köra, suhbat çoğida Özbekiston bilan Afğoniston örtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va ularni kengaytirişning istiqbollari muhokama qilindi.
Bugungi kunda ikki davlat prezidentlarining rahbarligi ostida va şaxsan iştiroki natijasida köp qirrali va ösuvçan ahamiyat kasb etib borayotgan Özbekiston – Afğoniston muloqotining izçil rivojlanayotgani e'tirof etildi, deyiladi xabarda.
Muhammad Aşraf Ğani Özbekistonning Afğonistondagi tinçlik va hamjihatlikka kömaklaşiş borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi hamda mamlakatdagi yirik infrastruktura va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oşirişdagi qöllab-quvvatlaş va iştirok uçun minnatdorçilik izhor etdi.
Uçraşuvda tomonlarni qiziqtirgan boşqa masalalar ham körib çiqilgan.













