O‘zbekiston | 00:41 / 29.11.2018
42508
2 daqiqa o‘qiladi

Tatyana Karimova: "Islom Abdug‘aniyevich turnalarni yaxshi ko‘rardi..."

Foto: KUN.UZ

28 noyabr kuni Oqsaroy binosida oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun suratlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati aks etgan mazkur suratlar ko‘rgazmasida Tatyana Karimova ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

Tatyana xonimning o‘zi har bir surat bilan talabalarni tanishtirib, uning paydo bo‘lishi tarixi va u bilan bog‘liq xotiralar haqida so‘zlab berdi.

"Islom Abdug‘aniyevich turnalarni yaxshi ko‘rardi. Turnalar tinchlik ramzi ekanligini bot-bot takrorlardi", - deya eslaydi u.

2009 yili qad rostlagan "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyi tomida hamda 2005 yilda bunyod etilgan  Ezgulik arkasi (Mustaqillik maydoni)da ham parvozga shaylangan turnalarni ko‘rish mumkin. Tinchlik va baxtli hayotga ishonchni anglatuvchi bu ramziy bezak g‘oyasi Islom Karimovga tegishlidir.

Ko‘rgazma yakunida Tatyana Karimova talabalarning har biriga o‘z qo‘li bilan sovg‘a topshirdi. 

Ma'lumot uchun, Oqsaroy majmuasi dushanbadan tashqari har kuni 9.00dan 18.00gacha  aholi uchun ochiq.​

Mavzuga oid