Jahon | 16:22 / 29.11.2018
57102
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zini imperator deb hisoblaydi». Poroshenko Putin haqida ochiq gapirdi

Foto: EPA

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinda Rossiya imperiyasini tiklash va Ukrainani egallab olish istagi mavjudligini aytdi. Bu haqda u Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

«Putin avvalgi Rossiya imperiyasini qaytarmoqchi. Qrim, Donbassni, u butun mamlakatni qaytarib olishni istaydi. U o‘zini Rossiya imperatori sifatida ko‘radi, uning imperiyasi Ukrainasiz ishlashi mumkin emas, deb hisoblaydi. U bizni koloniya deb biladi», - dedi Poroshenko. Poroshenko mamlakatni 2014 yilda boshqara boshlaganidan beri, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Rossiyaning mustamlakasi bo‘lishdan to‘xtadi.

Poroshenkoning tushuntirishicha, Ukrainani himoya qilishi kerak. Aynan shuning uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, Kerch bo‘g‘ozidagi hodisadan so‘ng harbiy holat joriy etdi. «2014 yilda bo‘lgani kabi, Putin Ukrainaning yana bir qismini qo‘shib olmoqchi, u o‘zini xuddi o‘shandagiday tutmoqda», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi prezident.

Bundan tashqari, Pyotr Poroshenkoning umid bildirishicha, NATO davlatlari Ukrainaga yordam berish va mintaqada xavfsizlikni ta'minlash uchun Azov dengiziga o‘z harbiy kemalarini yuboradi. Kreml Ukraina prezidentining bunday bayonotini provokatsiya, deb atadi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Poroshenko so‘zlariga prezidentlik saylovlari arafasidagi ichki siyosiy manfaatlar, deb izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiya bilan keng miqyosli urush xavfi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid