Sport | 11:00 / 30.11.2018
10992
2 daqiqa o‘qiladi

Sanjarbek Rahmonov AQShda professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi

Professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Sanjarbek Rahmonov navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o‘tkazishi ma'lum bo‘ldi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan ushbu sportchi 7 dekabr kuni (Toshkentda 8 dekabr tongida) Las-Vegasda amerikalik Jonatan Stilga qarshi bahs olib boradi.

Ma'lumot uchun, Sanjarbek Rahmonov shu kungacha professional boksda 12ta jang o‘tkazgan. U janglarining 10tasida g‘alaba qozongan (5tasi nokaut bilan). Bir jangda durangga erishgan bo‘lsa yana bir martasida mag‘lubiyatga uchragan. U oxirgi marta shu yilning avgust oyi boshida amerikalik Markus Taylorga qarshi jang qilib, yutqazib qo‘ygandi.

Uning raqibi Jonatan Stil esa bungacha professional ringda 10 marta ringga ko‘tarilgan. U janglarining 8tasini g‘alaba bilan tugatgan (6tasi nokaut). Shuningdek, 1 marotabadan durang va mag‘lubiyat qayd etgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid