Özbekistonlik professional boksçi, jahonga maşhur Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan Sanjarbek Rahmonov bugun özining navbatdagi jangida ringga kötariladi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi xabar bermoqda.
Boksçimizga amerikalik Markus Taylor raqiblik qiladi. Sakkiz raundga möljallangan jang Las-Vegas şahridagi «Sam’s Town Hotel & Gambling Hall»da bölib ötadi.
Ma'lumot uçun, Rahmonov professional faoliyati davomida 11ta jang ötkazib, ularning 10tasida ğalaba qozongan (5tasi nokaut bilan). Bitta töqnaşuvda esa durang qayd etgan. Taylor esa prof ringda 10 marotaba jang ötkazgan va ularning 9tasida ğalaba naşidasini surgan. Bitta jangda esa mağlubiyat alamini totib körgan.












