Jahon | 00:13 / 30.11.2018
12818
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Turkiya va Janubiy Koreya prezidentlari bilan uchrashuvlarni bekor qildi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya va Janubiy Koreya prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Mun Chje In bilan G20 sammitidagi rasmiy muzokaralarini bekor qildi. Bu haqda Oq uyga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, Tramp buning o‘rniga sammitda ular bilan norasmiy suhbat qurmoqchi. 

Trampning bu  qarori sabablari ma'lum qilinmagan.

Avvalroq Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan sammitdagi uchrashuvini bekor qilganini ma'lum qilgandi. AQSh prezidenti buni Rossiya Ukrainaga Kerch bo‘g‘ozida qo‘lga olingan dengizchilar va kemalarni hali qaytarmagani bilan tushuntirgan.

Sammit 30 noyabr-1 dekabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid