Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ID-kartalar qachondan joriy qilinadi? – IIV oydinlik kiritdi
2018-yil 1-noyabrida Toshkent shahrida shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida xorij tajribasi qo‘llanilib, ID-kartasi joriy qilinishi belgilangan edi. IIV ID-kartalar Toshkentda va respublikada qachondan amaliyotga kiritilishiga oydinlik kiritdi. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi, boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Bahodir Usmonov Kun.uz muxbiri savoliga javob berar ekan, bu masalada ayni vaqtda test tartibida ishlar olib borilayotgani, yaxshi natija bersagina amaliyotga to‘liq kiritilishini bildirdi.

«2018 yil 1 noyabridan Toshkent shahrida sinov tariqasida ID-karta joriy qilinishi ko‘zda tutilgan edi. Bu bo‘yicha ishlar olib borilyapti, sinovlar o‘zining ijobiy natijasini bersa, ID-karta keng joriy qilinishi belgilangan», - dedi podpolkovnik.

U, shuningdek, kelgusi yil 1 yanvaridan xorijga chiqish pasporti beriladimi yoki u ham kechiktiriladimi, degan savolga ham javob berdi.

«Prezident farmoniga asosan 2019 yil 1 yanvaridan O‘zbekiston respublikasida fuqarolarning chet elga chiqish pasporti amaliyotga kiritilishi belgilangan. Bu bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shunga ko‘ra, 1 yanvardan xorijga chiqish pasporti berila boshlanadi. Xorijga chiqish huquqini taqdim etuvchi OVIR-stiker berish to‘xtatiladi.
Fuqarolar o‘zlarining amaldagi biometrik pasportlari bilan 2021 yil 1 yanvargacha OVIR-stiker talab qilinmaydigan mamlakatlarga chiqa olishadi. Ilgari rasmiylashtirilgan stiker muddati o‘tmagan bo‘lsa, shu davr ichida o‘sha pasport egasi OVIR talab qilinadigan xorijiy davlatlarga ham chiqishi mumkin bo‘ladi», - deya ta'kidladi Bahodir Usmonov.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026