Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon mintaqadagi eng yirik masjid qurilishida bo‘ldi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va uning o‘g‘li, Dushanbe meri Rustam Imomali 30 noyabrda Dushanbe Markaziy jome' masjidi va Tojikiston Islom institutining yangi korpusi qurilishi borishi bilan tanishib chiqishdi.
Masjidni qurish loyihasi Tojikiston prezidentining bevosita rahnamoligi ostida amalga oshirilmoqda. U masjid poydevorining ilk toshini 2009 yil oktabrda Imom A'zam tavalludining 1310 yilligi nishonlanishi va hanafiy mazhabi asoschisi xotirasini yod olish yili qo‘ygan.
Masjid 12 gektar maydonni egallaydi. Masjidni qurish loyihasi tojikistonlik va qatarlik tajribali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan. Tojik va dunyo arxitektura san'atining qadimgi va zamonaviy elementlari hisobga olingan holda quriladigan obekt har birining balandligi 75 metr keluvchi 4 ta minora va 47 metrlik gumbazdan iborat bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, loyihaning tayyorlanishida qadimgi tojik me'morchiligining o‘ziga xos xususiyatlari va Imomali Rahmonning tavsiyalari inobatga olingan.
Rahmon mas'ul shaxslarga barcha sa'y-harakatlarni bezak ishlari va masjid atrofidagi hududni ko‘kalamzorlashtirishni sifatli bajarish uchun yo‘naltirish vazifasini topshirgan.
Shuningdek, barcha ishlar masjid Tojikiston xalqi va bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun yuzlab yillar davomida xizmat qiladigan qilib amalga oshirilishi qayd qilib o‘tilgan.
Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
13:20 / 15.05.2026
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026