Jahon | 10:04 / 01.12.2018
11790
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiya kemalari uchun portlarni yopib qo‘yishi mumkin

Foto: REUTERS/Alla Dmitrieva

Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinning ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati Ukrainadagi qator portlarni Rossiya kemalari uchun yopib qo‘yishi mumkin. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Kerch bo‘g‘ozidagi hodisadan keyin javob harakatlari bo‘yicha bir necha variantni muhokama qilish bilan band.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyadan kemalar uchun portlarni yopish «variantlardan biri» hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Qora dengizdagi hodisada harbiylari ishtirok etganini tan olgandi.

Rossiyalik harbiylar Kerch bo‘g‘ozidagi hodisalarga jalb etilgan. Bu haqda RF Mudofaasi boshqaruvi Milliy markazi rahbari Mixail Mizintsev ma'lum qilgan.

«Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Chegara xizmati, Rosmorrechflot va Janubiy harbiy okrug kuchlarining samarali hamkorligi tufayli 25 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi hududiy dengiziga noqonuniy kirib kelgan Ukraina harbiy-dengiz kuchlari kemalarining provokatsion harakati bartaraf etildi», - deya aniqlik kiritdi u.

Mavzuga oid