Rossiyalik harbiylar Kerç böğozidagi hodisalarga jalb etilgan. Bu haqda «Interfaks» RF Mudofaasi boşqaruvi Milliy markazi rahbari Mixail Mizintsevga asosan xabar bermoqda.

«Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Çegara xizmati, Rosmorreçflot va Janubiy harbiy okrug kuçlarining samarali hamkorligi tufayli 25 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi hududiy dengiziga noqonuniy kirib kelgan Ukraina harbiy-dengiz kuçlari kemalarining provokatsion harakati bartaraf etildi», - deya aniqlik kiritdi u.

25 noyabr kuni FXX Ukrainaning uçta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga kirgani haqida xabar qildi. Kemalar Odessadan Mariupolga yöl olayotgan bölgan, lekin ularni Kerç böğozidan ötkazişmadi. Ukraina tomonining bildirişiça, avval Rossiya kemalar kelişi haqida xabardor etilgan, FXX buning aksini iddao qilmoqda.

Şu kuniyoq Ukraina harbiy-dengiz kuçlari Rossiya katerlari mamlakat kemalari guruhi Kerç böğozidan çiqib ketayotganida unga qarata öt oçganini ma'lum qildi. Rossiya çegaraçilarining bunday xatti-harakati tufayli olti nafar dengizçi yaralandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Rossiya bilan keng miqyosli uruş xavfi haqida ma'lum qilgandi.