O‘zbekiston | 09:44 / 03.12.2018
4352
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga keladi

Foto: Reuters / Joshua Roberts

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod 2-20 dekabr kunlari qator mamlakatlarga, jumladan, O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti xabar qilgan.

«Afg‘on sulhi bo‘yicha maxsus vakil, elchi Zalmay Halilzod 2-20 dekabr kunlari idoralararo delegatsiya bilan Pokiston, Afg‘oniston, Rossiya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Belgiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarga tashrif buyuradi», - deyiladi Davlat departamentining xabarida. U RIA Novosti tomonidan keltirilgan.

Ta'kidlanishicha, tashrif chog‘ida Halilzod «afg‘on hukumati va boshqa manfaatdor tomonlar vakillari bilan Afg‘onistonda inklyuziv tinchlik jarayonni qo‘llab-quvvatlash hamda ilgari surish uchun uchrashadi». Mamlakat prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston prezidenti O‘zbekistonga minnatdorchilik izhor etgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid