O‘zbekiston | 10:52 / 03.12.2018
27002
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyatida bosh soliqchi o‘zgardi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoyishiga asosan Hurmat Matyoqubovich Abdukarimov Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar bermoqda.

Hurmat Abdukarimov 1974 yili Urganch tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1996 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutini muhandis-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1996 yili Qo‘shko‘pir tumani davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlab, davlat soliq bosh inspektori, sho‘'ba boshlig‘i vazifalarida ishlagan. 

2004 yildan Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi Hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasi bo‘limi boshlig‘i, 2006 yildan Qo‘shko‘pir tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 2007 yildan Urganch shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 2008 yildan viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, 2008-2017 yillarda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatgan. 2017 yildan Bosh Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2018 yil avgust oyidan yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Bosh Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasining avvalgi rahbari Qudratbek Egambergenov Xorazm viloyati hokimining iqtisodiy va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid