Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga taşrifi doirasida 30 noyabr kuni Urganç şahrida Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötgandi.
Yiğiliş davomida viloyat hokimi vazifasini bajaruvçisi Farhod Örazboyeviç Ermanov rasman Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi. Şuningdek, Xorazm viloyati hokimining birinçi örinbosari, viloyat prokurori, içki işlar va soliq boşqarmalari boşliqlari vazifalariga ham yangi rahbarlar tayinlandi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, yiğiliş davomida viloyatdagi 3ta tuman rahbari va 2 şahar hokimi ham almaştirilgan.
1 dekabr kuni Hazorasp, Yangibozor va Gurlan tumanlari, şuningdek, Urganç va Xiva şaharlarida yangi hokimlar taniştirilgan.
Hazorasp tumani hokimi Öktamboy Qöçqoroviç Qurbonov viloyat hokimining birinçi örinbosari lavozimiga kötarilişi munosabati bilan Ravşan Jabborov uşbu tuman hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.
Viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari, qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi boşliği vazifasini vaqtinça bajaruvçi bölgan Öktam Maşaripov Yangibozor tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan. U bu lavozimda 2010 yildan buyon işlab kelgan Ozod Saidnazaroviç Madrahimov örnida iş boşladi.
Viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari vazifasini bajaruvçi bölib işlayotgan Şuhrat Abdullayev esa Urganç şahri hokimi vazifasini bajaruvçi bölgan. U bu lavozimda Odilbek Şonazaroviç Sapayev örnini egalladi.
Alişer Salayev Gurlan tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan. U bungaça Boş prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanişi ustidan nazorat qiliş inspeksiyasining Xorazm viloyati boşqarmasi boşliği lavozimida işlayotgandi. U tumanni 2012 yildan buyon boşqarib kelgan Qahramon Egamnazaroviç Madrahimovni almaştirdi.
Şuningdek, Sobir Jumaniyazov Xiva şahar hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan. Jumaniyazov 2013 yildan GM Uzbekistan yopiq aksiyadorlik jamiyati Xorazm filiali boşqaruvçi direktori edi.












